Brakon
Umumiy ta'rif
Brakon (lot. Braconidae) — parazitoid arilar oilasiga mansub foydali hasharotlardir. Ular asosan boshqa hasharotlarning, xususan, zararli kapalak, pashsha va qo‘ng‘iz lichinkalari hisobiga yashaydi. Brakonlar tabiatda biologik muvozanatni saqlashda, ayniqsa qishloq xo‘jaligida zararkunandalarga qarshi tabiiy kurash vositasi sifatida muhim o‘rin tutadi. Dunyo bo‘yicha brakonlarning 12 mingdan ortiq turi aniqlangan, O‘zbekiston hududida esa 200 dan ortiq turi uchraydi.
Xususiyatlari
Brakonlar uzunligi 2–5 mm atrofida bo‘lgan mayda arilarga o‘xshash hasharotlardir. Urg‘ochi brakonning tanasida maxsus yovish naychasi (ovipozitor) bo‘ladi, u orqali lichinkalar yoki tuxum qo‘yiladi. Brakon lichinkasi zararkunanda tanasida rivojlanib, uning to‘qimalari bilan oziqlanadi, Natijada zararkunanda nobud bo‘ladi.
Brakonlar faoliyatini harorat, namlik va o‘simlik turi kabi ekologik omillar belgilaydi. Ular ayniqsa issiq va mo‘tadil iqlimli hududlarda samarali rivojlanadi.
Qo'llanilishi
Brakonlar qishloq xo‘jaligida biologik himoya agenti sifatida keng qo‘llaniladi. Ular quyidagi asosiy zararkunandalarga qarshi samarali:
- Paxta tunlamasi (Helicoverpa armigera)
- Shirin makkajo‘xori qurtlari
- Kartoshka kuya (Phthorimaea operculella)
- Shira va o‘simlik bitlari
Qo‘llanish tartibi:
Brakonlarning tuxum yoki lichinka bosqichlari zararkunandalar uchrashi ehtimoli yuqori bo‘lgan maydonlarga biolaboratoriyalarda ko‘paytirilib, keyin gektariga 1000–1500 dona miqdorida qo‘yib yuboriladi. Ular tabiiy yo‘l bilan zararkunanda populatsiyasini kamaytiradi va pestitsidlar qo‘llanilishini keskin kamaytiradi.