Agentlikda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi

“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan bosh g‘oya asosida tashkil etilgan bayram tadbirida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi xodimlari hamda Agentlik tizimidagi tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ishtirok etishdi.

✅ Tadbirni Agentlik direktori Ibrohim Ergashev ochib berdi va O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi bayrami bilan barchani tabrikladi hamda xodimlarga kelgusida sharafli, masʼuliyatli vazifalarini bajarishda zafarlar tilab, o‘zining samimiy tilaklarini izhor etdi.

🟠 Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Agentlikning rivojiga o‘z hissasini qo‘shayotgan, xizmat majburiyatlarini mas’uliyat bilan bajarib, ijobiy natijalarga erishayotgan bir guruh xodimlari faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.
 

6-Oktabr, 2025-yil