"Biosifat" Respublika Markazi Xodimi Nurmahmad Azimovichning 60 Yoshlik Yubiley bayrami bilan qutlandi

"Biosifat" respublika markazi jamoasi hurmatli Nurmahmad Azimovichni tabarruk 60 yosh muborak yoshi bilan samimiy muborakbod etadi.

Sizning respublikamizda qishloq xo‘jaligi, xususan, o‘simliklarni himoya qilish sohasining rivojiga qo‘shgan fidokorona mehnatingiz, yillar davomida jamg‘argan boy tajribangiz va soha uchun yetishtirgan ko‘plab iqtidorli kadrlardagi hissangiz yuksak e’tirofga loyiqdir.

Siz tomoningizdan yosh mutaxassislar qalbida vatanparvarlik, kasbga sadoqat va mas’uliyat tuyg‘ularining shakllanishiga qo‘shilgan hissa markazimiz faoliyatida alohida ahamiyat kasb etadi.

Hurmatli Nurmahmad Azimovich, Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy tinchlik-farovonlik, xonadoningizga fayzu baraka tilaymiz.
Soha rivoji yo‘lidagi sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar sizga doimo hamroh bo‘lsin!

20-Noyabr, 2025-yil