Yoshlar o‘rtasida seminar o‘tkazildi

Joriy yil  19-dekabr kuni "Biosifat" respublika markazi tomonidan Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 88-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabidatahsil olayotgan yoshlar ishtirokida seminar tashkil etildi. Tadbir yoshlarning sohaga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularni kelajak kasbiga yo‘naltirishga qaratildi.

Seminar davomida yoshlarda vatanparvarlik, halol mehnat va mas’uliyatli faoliyat yuritish tushunchalarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Markaz mutaxassislari tomonidan sohaga oid ma’lumotlar berilib, ochiq muloqotlar o‘tkazildi.

Shuningdek, tadbirda biosifat va organik mahsulotlar yetishtirish, ularni sertifikatlash jarayonlari hamda Biosifat respublika markazining maqsadlari, vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Mazkur seminar yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, shuningdek, ularning kelajakdagi kasb tanlovi uchun muhim ahamiyat kasb etdi.

19-Dekabr, 2025-yil