Ilmiy kengash
Markazning ilmiy-uslubiy faoliyati, ish rejasi va kengash a’zolari haqidagi ma’lumotlar.
Vazifalari
1.1. Ilmiy Kengashning maqsadi – Qishloq xo‘jalik ekinlarini o‘simliklarni zararkunandalaridan biologik himoya qilish “Biologik himoya vositalari”ga qaratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil
16-fevraldagi “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-36-son farmonining 9-bandi bo‘yicha o‘simliklarni himoya qilishning ekologik xavfsiz (biologik) usullarini keng qo‘llash va ekinlar hosildorligini ilmiy asosda oshirish hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 12-avgustdagi “Qishloq xo‘jaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-130-son Farmoni 4-ilovasining 19-bandida Agroportalda oʼsimliklarni himoya qilish va dalaga biologik ishlov berish boʼyicha xizmat koʼrsatishni yoʼlga qoʼyish hamda ushbu bandning 19.1-kichik bandida Biolaboratoriya mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzish, to‘lovlarni amalga oshirish, biomahsulotlarni dalaga tarqatish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish va 19.2-kichik bandida Agroportalda o‘simliklarni biologik himoya qilish, hasharotlarga qarshi kurashishda ularning o‘rtacha haroratda rivojlanish fazalarini aniqlab berish xizmatini yo‘lga qo‘yish.
Shuning bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Vazir Mahkamasining 2024-yil 20-sentyabridagi 595-sonli “O‘simliklarni himoya qilishda biologik kurash tadbirlarini yanada kengaytirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalarni to‘laqonli bajarishga yo‘naltirishdan iborat.
1.2. “Biosifat” respublika markazi Ilmiy Kengashining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
a) Markazning ilmiy va ishlab chiqarish faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muhokama qilish va belgilash;
b) Biologik himoya vositalari bo‘yicha Ilmiy-tadqiqot ishlarining reja va usullarini ishlab chiqish fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy loyihalarini o‘rganib chiqib xulosa berish, o‘quv qo‘llanmalar, tavsiyalar, innovatsion ishlanmalar hamda ilmiy konferensiyalarning dasturlarini ishlab chiqib tasdiqlash;
v) Biologik himoya vositalari bo‘yicha ilmiy va ilmiy-tashkiliy, moliyaviy hamda ishlab chiqarish faoliyatining natijalari bo‘yicha hisobotlarini muhokama qilib, qaror qabul qilish;
g) ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish va ishlab chiqarish faoliyati uchun ajratilgan moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish va xulosa berish;
d) Biologik himoya vositalari bo‘yicha muhim ilmiy masalalar, ilmiy ma’ruzalar, ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish uchun berilgan tavsiya va takliflarni ko‘rib chiqish hamda qaror qabul qilish;
y) boshqa ilmiy muassasalar bilan ijodiy hamkorlik olib borish va muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qilish hamda tavsiyalar berish;
j) Biologik himoya vositalari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan bog‘liq masalalar hamda ularning o‘quv jarayoni bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish va tavsiya berish;
Respublikada biologik himoyani yanada rivojlantirish va biolaboratoriyalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha istiqbolli rejalarni muhokama qilish hamda qaror qabul qilish;
Markazning istiqbolli rejalarini tasdiqlash, moddiy-texnik ta’minot va moliyaviy-ishlab chiqarish faoliyati natijalarini muhokama qilish hamda tegishli qarorlarni qabul qilish.
Ilmiy Kengashga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.
Rejasi
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tizimidagi “Biosifat” respublika markazining “O‘simliklarni himoya qilishda qo‘llaniladigan biologik himoya qilish vositalari bo‘yicha”
ILMIY-TEXNIK KENGASH ISHCHI REJASI
|
T/r |
Ko‘rib chiqiladigan masalalar |
Muddati |
|
1. |
1. Respublikada biologik himoyani yanada rivojlantirish va biolaboratoriyalar faoliyatini muvofiqlashtirish bо‘yicha istiqbolli rejalarni muhokama qilish hamda qaror qabul qilish; 2. “Biosifat” respublika markazining ilmiy va ishlab chiqarish faoliyatining asosiy yо‘nalishlarini muhokama qilish; 3. Ilmiy loyihalarning rejalarini tasdiqlash, moddiy-texnik ta’minoti va moliyaviy-ishlab chiqarish faoliyati natijalarini muhokama qilish; 4. “Biosifat” respublika markazida doktorantura va mustaqil izlanuvchilarga bо‘lgan ehtiyojni aniqlash; 5. 2026-yil uchun “Oʼsimliklarni himoya qilishda qoʼllaniladigan biologik himoya qilish vositalari bo‘yicha” Ilmiy-texnik kengash ishchi rejasini tasdiqlash.
|
I-chorak |
|
2. |
1. Biologik himoya vositalari bо‘yicha Ilmiy-tadqiqot ishlarining reja va usullarini ishlab chiqish fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy loyihalarini о‘rganib chiqib xulosa berish; 2. О‘quv qо‘llanmalar, tavsiyanomalar, innovatsion ishlanmalar hamda ilmiy konferensiyalarning dasturlarini kо‘rib chiqish; 3. Ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish va ishlab chiqarish faoliyati uchun ajratilgan moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish va xulosa berish; 4. Biologik himoya vositalari bо‘yicha muhim ilmiy masalalar, ilmiy ma’ruzalar, ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish uchun berilgan tavsiya va takliflarni kо‘rib chiqish hamda qaror qabul qilish. |
II-chorak |
|
3. |
1. Biologik himoya vositalari bо‘yicha ilmiy va ilmiy-tashkiliy, moliyaviy hamda ishlab chiqarish faoliyatining natijalari bо‘yicha hisobotlarini muhokama qilib, qaror qabul qilish 2. Ilmiy loyiha mavzularini shakillantirish va mavjudlarini ishini kо‘rib chiqish 3. Boshqa ilmiy muassasalar bilan ijodiy hamkorlik olib borish va muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qilish hamda tavsiyalar berish; 4. Ilmiy-tadqiqot ishlarining I-yarim yillik ijrosining monitoringini muhokama qilish. |
III-chorak |
|
4. |
1. Xorijiy ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalarini kо‘rib chiqish 2. Ilmiy-uslubiy qо‘llanmalar va tavsiyanomalar tayyorlash holatini kо‘rib chiqish 3. 2026-yil yakunlari bо‘yicha ilmiy va moliyaviy-xо‘jalik faoliyati hisobotlarini kо‘rib chiqish 4. Ilmiy kengash qarorlarining bajarilishi bо‘yicha yakuniy tahlil natijalarini samaradorligini muhakama qilish. 5. 2027-yil uchun istiqbolli ilmiy yо‘nalishlar va ishchi reja loyihasini korib chiqish. |
IV-chorak
|
|
5. |
Ilmiy kengash majlislari har chorakda bir marta (oflayin yoki onlayn) ko‘rinishida o‘tkazish. Shuningdek, Agar zarurat bo‘lganda, Ilmiy kengash a’zolarining roziligi bilan Ilmiy kengashni (boshqa) muayyan vaqtlarda ham o‘tkazishni tashkillashtirish. |
Yil davomida |
Izoh: О‘simliklаrni biologik himoya qilish bо‘yichа muаmmo vа tаkliflаrdаn kelib chiqib, ushbu ilmiy-texnik kengаshda qо‘shimchа vаzifаlаr vа mаsаlаlаr kо‘rib chiqishi mumkin.
A’zolari
Oʼsimliklarni himoya qilishda qoʼllaniladigan Biologik himoya qilish vositalari bo‘yicha “Biosifat” respublika markazi
ILMIY KENGASHI TARKIBI
|
t/r |
F.I.SH. |
Lavozimi, ilmiy daraja va ilmiy unvoni |
|
1. |
Buronov Yusuf Xudoynazarovich |
Markaz direktori, q.x.f.f.doktori, Kengash raisi |
|
2. |
Saidova Zuxra Xusanovna |
Markazning Entomofaglarni sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash laboratoriyasi mudiri Kengash raisi o‘rinbosari. |
|
3. |
Tog‘ayev Suhrobjon Miraxmatovich |
Markaz direktori o‘rinbosari, q.x.f.f.doktori Kengash Ilmiy kengash kotibi |
|
4. |
Xo‘jaev Shomil Tursunovich |
O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot institute b.f.d., professor Kengash a’zosi |
|
5. |
Nortoji Khujamshukurov |
Kimyo texnlolgiyalar instituti b.f.d., professor Kengash a’zosi |
|
6. |
Mirzaeva Gulnora Saidoripovna |
F.A. huzuridagi Zoologiya institutining "Entomofaglar ekologiyasi va biousullarining nazariy asoslari" laboratoriyasi b.f.d., professor. |
|
7. |
Tufliev Nodirbek Xushvaqtovich |
O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot institute q.x.f.d., professor Kengash a’zosi |
|
8. |
Jumaev Rasul Axmatovich |
Toshkent Davlat Agrar universiteti q.f.d., professor Kengash a’zosi |
|
9. |
Bobobekov Qalandar |
O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqoit instituti b.f.n., k.i.xodim Kengash a’zosi |
|
10. |
Hayitboeva Nodira Saidjonova |
O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqoi instituti q.x.f.f.d, Kengash a’zosi |
|
11. |
Raxmonov Jamil Xoliqulovich |
O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqoi instituti q.xf.f.doktori., k.i.xodim Kengash a’zosi |
|
12. |
Axmedova Zuxra Yuldashevna |
F.A. huzuridagi Zoologiya institutining "Entomofaglar ekologiyasi va biousullarining nazariy asoslari" laboratoriyasi b.f.n., katta ilmiy xodimi Kengash a’zosi |
|
13. |
Sulaymonov Otabek Abdushukirovich |
O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqoi instituti q.x.f.f.d, dosent Kengash a’zosi |